
TDSHUda Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti Arabshunoslik oliy maktabi tomonidan o‘tkaziladigan «O‘zbekiston arabshunoslari forumi I» mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Respublikamizning turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan uch avlod arabshunoslari bir davrada jam bo‘ldilar.
Anjumanda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qutladi. Shuningdek, yalpi majlisda arabshunos olimlaridan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov ham konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Konferensiya yakunida arabshunoslik sohasiga oid bo‘lgan yangi ilmiy ma’lumotlarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish, arab tilshunosligi, adabiyotshunosligi, arab tilini o‘qitishdagi zamonaviy metodlar, tarjimashunoslik, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik sohasidagi bilimlarini oshirish kerakligi ta’kidlandi.
Mazkur anjuman doirasida mualliflar tomonidan nashr qilingan arabshunoslikni rivojlantirish boʻyicha yaratilgan ilmiy adabiyotlar universitet kitob fondiga hadiya qilindi.