2025-yil 30-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida Vyetnamning Gʻalaba kuni va qayta birlashganiga 50 yil to‘lishiga bag‘ishlangan arxiv fotosuratlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazma “O‘zbekiston va Vyetnam do‘stona munosabatlari abadiydir” deb nomlandi.
Ma’lumki, 1975-yil 30-aprel kuni Vyetnam Xalq armiyasi mamlakatning eng yirik shahri Saygonni ozod qildi. Bu voqea Vyetnamning yagona davlat sifatida birlashishini anglatgan va shundan beri ushbu sana Vyetnamda eng muhim davlat bayramlaridan biri sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Ko‘rgazma "O‘zbekiston–Vyetnam do‘stlik jamiyati" tashabbusi va Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo`yicha qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek “O‘zarxiv” agentligi, Badiiy akademiya va Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston-Ummon do‘stlik jamiyati a’zolari ham faol ishtirok etishdi.