Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Diplomatik akademiyasida tashkil etilgan o'quv kursining ishtirokchilari bo'lmish O'mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi vakillari 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurib, Institutning qadimiy yozma manbalari, ilmiy yutuqlari bilan tanishdi hamda mazkur muassasaning olimlari bilan uchrashib, o'zaro hamkorlikni kengaytirish, sohaga oid yangi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.