Bugun, 12-avgust - akademik Bo‘riboy Ahmedov tavallud topgan kun
Sharqshunos, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Ahmedov Bo‘riboy Ahmedovich 1924-yil 12-avgustda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida tug‘ilgan.
1953-yilda B. Ahmedov O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini tugatgan. 1961-yilda «Государство кочевых узбеков при Абу-л-хайр-хане» mavzusida Leningradda nomzodlik, 1974-yilda «Балхские ханства в XVI - перв. половине XVIII вв.» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Olim 1960-yildan vafotigacha Sharqshunoslik institutida tadqiqotchi, ilmiy kotib, bo'lim boshlig'i bo'lib ishlagan. U, shuningdek, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori va Amir Temur jamg‘armasi raisi bo'lgan. Temuriylar davri tarixiga oid o‘ndan ortiq asarlar muallifi.
Olim fan va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun "Fan arbobi” (1989), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1989), "Do'stlik" ordeni (1997) va "Buyuk xizmatlari" ordeni (1999) bilan taqdirlangan.
Olim 2002-yil 15-mayda vafot etgan.
Akademik Bo‘riboy Ahmedov O‘zbekiston tarixshunosligining yirik namoyandalaridan biri sifatida o‘zidan boy ilmiy meros qoldirdi. U yaratgan asarlar bugun ham Temuriylar davri tarixini chuqur o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘z hayoti va ilmiy faoliyatini ona yurti, xalqiga sadoqat bilan bag‘ishlagan bu ulug‘ zotning nomi, boy ilmiy merosi va ma’naviy siymosi bizning qalbimizda mangu yashaydi.
Xotirasi doimo e’zoz bilan yod etiladi.