"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 22 August 2025 07:32

Bahrom Abduhalimov Xalqaro Turk akademiyasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Rate this item
(0 votes)

18-avgust kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro Turk akademiyasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov ham bor edi. Turk akademiyasi prezidenti Shahin Mustafoyev, avvalo, mehmonlarni Akademiya faoliyati bilan tanishtirdi, muzey koʻrgazmalari va tashkilotning soʻnggi nashrlarini taqdim etdi.

 

Muzokaralar davomida asosiy e'tibor Oʻzbekiston olimlarining Akademiya qoʻshma loyihalariga qoʻshayotgan hissasiga qaratildi. Bahrom Abduhalimov oʻzaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi va olib borilayotgan ishlarning yuqori darajasini e'tirof etdi.

Read 172 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…