O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Farmonga koʻra “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan sharqshunos, tarixchi, xitoyshunos, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i Ablat Xodjayev mukofotlandi.
Institut jamoasi ustozni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etadi.