Dunyo tamadduniga munosib hissa qo'shgan buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tug'ilib o'sgan makonda bugun uning izdoshlari olimning ishlarini davom ettirgan holda ilmiy izlanishlari borasida ko'plab amaliy natijalarga erishmoqda.
Alloma 973 yil 4-sentyabr kuni qadimgi Kat shaxrida (hozirgi Beruniy tumani) dunyoga kelgan. Bugun ushbu tavallud sana munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida allomaning ramziy qabri ziyorat qilinib, hurmat bajo keltirildi.
Tuman hokimi Ikram Xidirov, Beruniyshunos olim, professor Baxtiyor Karimov va bir guruh nuroniylar tadbirda ishtirok etdi. Qur'oni Karim tilovat qilinib, o'tgan ruhiga fotiha qilindi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati