"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Wednesday, 10 September 2025 16:21

“Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rate this item
(0 votes)

4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplomat Rustam Qosimov xotirasiga bag‘ishlab “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan “Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog hamda diplomat, iqtisodiyot fanlari doktori Rustam Sobirovich Qosimov (1955–2021) istiqlolning ilk davrlaridan boshlab mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib, ta’lim tizimini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, millatlararo do‘stlik va totuvlikni kuchaytirish, diniy-ma’naviy merosimizni tiklash hamda boyitish, shuningdek, keksalar, xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda o‘z bilim va tajribasini, salohiyatini butunlay safarbar etgan.

Read 15 times

Media

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…