"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Tuesday, 18 November 2025 13:30

“Tarixiy manbashunoslik”

Rate this item
(0 votes)

2025-yil 13–16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti “Tarixiy manbashunoslik” bo‘limi kichik ilmiy xodimi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Шанхайский дух и сила молодежного действия” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruzachi mehmon sifatida ishtirok etdi.

Mazkur konferensiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlarining 25-sonli majlisida ilgari surilgan takliflar ijrosini ta’minlash doirasida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti hamda Shimoliy-G‘arbiy politexnik universiteti hamkorligida tashkil etildi.

A.A. Idiyev konferensiyaning birinchi sho‘basida “Abu Rayhon Beruniy asarlarida Xitoy tavsifi” mavzusida ma’ruza qildi. Unda Beruniy qalamiga mansub manbalarda Xitoy shaharlari, madaniyati va ilmiy-merosiga oid ma’lumotlar tarixiy-manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 129 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…