2025-yil 10-dekabrda O‘zR FA Sharqshunoslik instituti Tarixiy manbashunoslik bo‘limining kichik ilmiy xodimi Faromarzi Fayzulloning 07.00.08 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix” asari Movarounnahr va Xuroson tarixiga oid muhim manba (XIV–XV asrlar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi institutning “Tarixiy manbashunoslik” bo‘limida muhokama qilindi.
Muhokamada majlis raisi t.f.n. H. Lutfullayev va Institut ilmiy xodimlari t.f.d., akademik D. Yusupova, t.f.d., professor A.Buriev (ilmiy rahbar), t.f.d., professor N. Allayeva, t.f.n., t.f.n., katta ilmiy xodim H. Aminov, PhD, katta ilmiy xodim F. Djumaniyozova, PhD, katta ilmiy xodim H.Nazirova, PhD katta ilmiy xodim O.Madalieva, PhD katta ilmiy xodim N. Ismatova, kichik ilmiy xodimlar X.Abdurasulov, A.Idiev ishtirok etdi. Dissertatsiya ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi.
