"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 19 December 2025 04:16

Butunjahon turkiy tillar oilasi kuniga bag‘ishlangan "Turkiy dunyo yoshlari ta’lim forumi" bo'lib o'tdi

Rate this item
(0 votes)

✅Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKOning 43-sessiyasida Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni xalqaro miqyosda e’tirof etilgan edi.

✅Shu munosabat bilan joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Toshkentdagi Turkiy davlatlar xalqaro universitetida Butunjahon turkiy tillar oilasi kuniga bag‘ishlangan “Turkiy dunyo yoshlari ta’lim forumi” bo'lib o'tdi.

✅Ushbu nufuzli forumda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi f.f.d., prof. Baxtiyor Karimov hamda tayanch doktorantlar Dostonjon Tojiyev va Sarbozbek Saparovlar ham faol ishtirok etdi.

✅Forumda Turkiya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg'iziston, Ozarbayjonlik olimlar va soha mutaxassislari ishtirokida panel sessiyalari, ilmiy muhokamalar, diplomatik simulyatsiyalar bilan davom etib, yakunda rezolutsiya qabul qilindi hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga yuborilishi ma'lum qilindi.

 

 

 

 

 

 

Read 7 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…