2025-yil 29-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi J.D. Ostonovning "Fransuz sharqshunosligida Markaziy Osiyo siyosiy tarixi (VI-XII asrlar)" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi hamda tayanch doktoranti Sh.Sh. Karimovning "Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi Institutning bo'limlararo muhokamasidan o'tkazildi.
Muhokama yakunida ikkala dissertatsiya majlisda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va berilgan tavsiyalarni inobatga olish sharti bilan seminar bosqichiga tavsiya etildi.


