"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 16 January 2026 12:53

SHARQSHUNOSLARNING AKADEMIK UBAYDULLA KARIMOV NOMIDAGI XXI XALQARO ILMIY KONFERENSIYASI

Rate this item
(0 votes)

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 2026-yil 15-aprel kuni  sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XXI xalqaro ilmiy konferensiyasini o‘tkazadi. Tashkilotchilar sharqshunoslik fanining turli yo‘nalishlari sanalgan Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, iqtisodi, manbashunoslik, qo‘lyozmalar konservatsiya va restavratsiyasi, islomshunoslik, va matnshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarni xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Yosh tadqiqotchilarga e’tibor qaratilgan holda, boshqa ishtirokchilarning yoshi chegaralanmagan. Ilmiy ma’ruza uchun maqola o‘zbek, ingliz va rus tillarida (5–10 bet, 14 shrift 1,5 intervalda) 2026-yil    1-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Ma’ruza uchun reglament 10 daqiqa.

 

Maqola matnlarini rasmiylashtirish uchun namuna

Read 6 times Last modified on Friday, 16 January 2026 12:57

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…