Biz uchun aziz va muhtaram bo‘lgan ustozimiz — ilm-fan va ma’rifat fidoyisi Dilorom Yusupovaga nufuzli “Moʻtabar Ayol” koʻkrak nishoni topshirilgani barchamiz uchun katta faxr va quvonchdir.
Ushbu yuksak mukofot ustozimizning ko‘p yillik fidokorona mehnati, ilm yo‘lidagi xizmatlari, shogirdlar tarbiyasidagi beqiyos hissasi hamda jamiyatdagi munosib o‘rni e’tirofi sifatida berilgani bilan yanada qadrli.
Muhtaram ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, ilm yo‘lida yanada yuksak zafarlar, doimo baland martaba va cheksiz hurmat-e’tibor tilaymiz.
Sizning ilmiy va hayotiy tajribangiz biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qolaveradi!

