"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 14 February 2026 15:00

Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi

Rate this item
(0 votes)

2026-yil 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy nomi — bu faqat ulug‘ shoir yoki yirik davlat arbobi nomi emas, balki butun bir maʼnaviy maktab, tafakkur fenomeni, insoniyat kamolotiga xizmat qiluvchi beqiyos maʼrifiy tizimdir. Uning serqirra ijodi asrlar davomida xalqimiz maʼnaviy hayotini boyitib kelmoqda, turkiy xalqlar adabiyoti va tafakkuri taraqqiyotida poydevor vazifasini o‘tamoqda.

Navoiy qaysi mavzuda qalam tebratmasin — ijtimoiy hayot, axloq, davlatchilik, inson ruhiyati, ishq va muhabbat — barchasida hayot haqiqatlarini chuqur falsafiy mushohada bilan yoritgan. U insonni, jamiyatni va zamonni bir butun tizim sifatida anglagan mutafakkir edi. Shu maʼnoda Navoiy ijodi bugungi kunda ham faqat adabiy yodgorlik sifatida emas, balki jamiyat maʼnaviy rivoji uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho manba sifatida qadrlanmoqda.

 

Read 4 times
More in this category: « Kitob - albom

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…