22-fevral kuni Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivoji» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga Temuriylar davrida erishilgan ilmiy yutuqlar haqida nazariy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘sha davr ilm-fan taraqqiyotini aks ettiruvchi noyob qo‘lyozma asarlar hamda mavzuga doir institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan atroflicha tanishtirildi.
Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-sonli Qarorining mazmun-mohiyati ham batafsil tushuntirildi.
Seminar moderatori: institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Hamidulla Lutfillayev.



