Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
2026-yil 4-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda London universiteti Courtauld san’at instituti professori, Eron va islom san’ati tarixi bo‘yicha taniqli olima Sussan Babaie “Persian Literature and Artistic Innovation after the Mongols” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda fors adabiyoti va tasviriy san’atidagi yangilanishlar, adabiyot va san’at o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda badiiy an’analarning yangi tarixiy sharoitda rivojlanish xususiyatlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Eron va islom dunyosi san’ati, vizual madaniyat hamda fors badiiy an’analarining tarixiy taraqqiyotiga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi.
Vazirlik va idoralar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi uchun qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 82 ta jamoa 36 ta qiziqarli va murakkab savol doirasida o‘z bilim va zukkoligini sinadi.
Keskin va qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda Fanlar akademiyasi jamoasi 82 ta jamoa orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
Ma'lumot uchun:
? 1-o‘rin — Adliya vazirligi terma jamoasi
? 2-o‘rin — «O‘zbekko‘mir» AJ
? 3-o‘rin — Fanlar akademiyasi
Gʻolib va sovrindor jamoalar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar — noutbuk va Smart TV bilan taqdirlandi.
Fanlar akademiyasi jamoasini munosib natija bilan tabriklaymiz!




“Xalq so‘zi” gazetasining 185-sonida:
O‘zbekiston ilm-fani
“Milliy salohiyatdan xalqaro raqobatbardoshlik sari” - Bahrom ABDUHALIMOV, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Toshkent shahar kengashi deputati.
