Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Xusnutdinov Filipp Romanovichning “Интеллектуальная биография Саййида Махмуда Тарази – представителя эмиграции ‘улама’ из советской Средней Азии в Саудовскую Аравию” mavzusidagi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi doirasida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli ilmiy kengashning 2026-yil 10-sentabr, payhanba kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta majlislar zali.
Tel.: +998(71) 262 54 61
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zarxiv” agentligi vakillari hamrohligida O‘mon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi direktori Hamad bin Muhammad al-Davyaniy hamda O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi favquloda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk qismida mehmonlar Sharqshunoslik institutining tarixi, bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda dunyo miqyosida e’tirof etilgan qo‘lyozmalar fondi bilan tanishdilar.
O‘monlik delegatsiya vakillari fondda saqlanayotgan noyob qadimiy sharq qo‘lyozmalari, tarixiy hujjatlar va asarlarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. Mutaxassislar tomonidan bu nodir manbalarni asrash, konservatsiya qilish, restavratsiya etish hamda ularni raqamlashtirish bo‘lib o‘tayotgan amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng institut rahbariyati, yetakchi olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi tarixiy, ilmiy-madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zaro tajriba almashinuv maydonini yaratish masalalari keng muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘mon Sultonligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi qurilishidagi ishtirokiga oid film namoyish etildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasida qadimiy qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, arxivshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.








Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, шунингдек, биринчи хонимлар Бухородаги қадимий обида — Сомонийлар мақбарасини зиёрат қилишди.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.
Ularga Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimov hamrohlik qildi.

