SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil I chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish mumkin.

Qabul quyidagi ixtisosliklar doirasi amalga oshiriladi: 07.00.03 – Jahon tarixi; 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.

Hujjatlar joriy yilning 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

Kvotalar soni: 07.00.03 – Jahon tarixi ixtisosligi uchun 1 ta stajor-tadqiqotchilik, 2 ta tayanch doktorantura, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi uchun 1 ta stajor-tadqiqotchilik, 2 ta tayanch doktorantura hamda 1 ta doktorantura uchun o‘rinlar ajratilgan.

 

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

stajor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  1. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  2. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  3. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  4. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  5. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
  6. Pasport nusxasi.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
  8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa)

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga Oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

  1. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  2. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  3. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  4. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
  7. Pasport nusxasi.
  8. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
  9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa)

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

 

                Ariza topshirishga ko‘maklashuvchi videoqo‘llanma havolasi: https://daraja.ilmiy.uz/videos/video-applicant.mp4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-avgustdagi farmoni (“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”) ga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti, ilm-fani va madaniyatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga munosib topilganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Rahimov Komiljon Rahmatovich ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi. Ushbu davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi 6 sentabr kuni institutda direktor boshchiligidagi xodimlar jamoasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Abduvahob Abduqodirov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirni mazkur farmonning Komiljon Rahimovni mukofotlash to‘g‘risidagi matnini o`qish bilan ochib bergan Institut direktori, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov institut xodimining bunday faxriy davlat mukofotiga munosib deb topilgani O‘zbekiston rahbari va hukumatimiz tomonidan respublikada ilm-fanni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibordan, shuningdek, muassasamiz xodimlari erishayotgan ilmiy yutuqlarinining davlat miqyosida e’tirof etilishidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.

 

 

Shundan so‘ng yig‘ilganlarning uzoq davom etgan olqishlari ostida Komiljon Rahimovga “Shuhrat” medali tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlash marosimidan so‘ng direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Surayyo Ubaydullaevna Karimova so‘zga chiqib, davlat mukofoti sovrindorining samarali ilmiy faoliyati va xizmatlarini qayd etdi. Tadbir so‘ngida Komiljon Rahimov so‘z oldi. U Institut jamoasi va ma’muriyatiga iliq so‘zlar va samimiy tabriklar uchun minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni barcha xodimlarga tegishli deb bilishini va bundan buyon ham O‘zbekistonda sharqshunoslik rivojiga munosib hissa qo‘shish uchun bor kuch-g‘ayratini ayamasligini ta’kidladi.

 

Page 7 of 73

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…