Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

O'zR FA Sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Institutning katta ilmiy xodimi, PhD Oysara Madaliyeva “Alisher Navoiy asarlarining so‘nggi Temuriylar davri nasta’liq xati rivojidagi o‘rni va an’anaga ta’siri masalasi (XV–XX asrlar qo‘lyozma devonlari misolida)” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Alisher Navoiy asarlarining qo‘lyozma an’analari va nasta’liq xatining taraqqiyotidagi o‘rni manbalar asosida yoritildi.

Kichik ilmiy xodim Sherzod Karimov “Temuriylar davri tarixini o‘rganishda yozma manbalarning ahamiyati” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Unda Temuriylar davri tarixini tadqiq etishda yozma manbalar, qo‘lyozmalar va ularning manbashunoslikdagi o'rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar yakunida talabalar va ma’ruzachilar ishtirokida qizg‘in savol-javoblar hamda ilmiy muhokamalar tashkil etildi.

 

2026-yil 11-iyun kuni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda institut kichik ilmiy xodimlari Faromarzi Fayzulloning “Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy” asari Movarounnahr va Xuroson tarixiga oid muhim manba (XIV–XV asrlar)” hamda Mirzayeva Maftuna Murodillo qizining “Koroskon sayyidlari oilaviy hujjatlari tarixiy manba sifatida (XVI–XIX asrlar)” mavzularidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida seminar a’zolari tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertantlarga ayrim masalalarni yanada aniqlashtirish, xulosa va ilmiy apparatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida taqdim etilgan tadqiqotlar ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga O‘mon Sultonligi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan keldi. Delegatsiya tarkibida O‘mon Ekologiya qo‘mitasi raisi va delegatsiya rahbari Dr. Abdulla bin Ali al-Amriy, Ekologiya qo‘mitasi raisi devoni rahbari muhandis Salim bin Abdulla al-Qasabiy hamda O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi AlSayyida Wafa Jabr Nasser Albusaidi ishtirok etdi.

Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati, qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish jarayonlari, nashr etilgan ilmiy adabiyotlar hamda institut muzeyi bilan tanishdi. Uchrashuv doirasida ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish, qo‘lyozma merosni o‘rganish va targ‘ib etish borasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

Ўзбекистонда жорий йилнинг дастлабки беш ойида наркотик воситалар савдоси билан шуғулланган 59 та йирик уюшган жиноий гуруҳ фаолиятига барҳам берилди.

https://batafsil.uz/cat/proisshestviya/zbekistonda-60-ga-ya-in-yirik-narkozhinoiy-guru-faoliyatiga-bar-am-berildi/

"Ovozi tojik" gazetasining 2026-yil 6-iyun sonida Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimovning navbatdagi maqolasi e'lon qilindi.

Maqolani gazetaning 5-betida o'qishingiz mumkin.

 

Page 11 of 138

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…