Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyida O'zR FA Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 - raqamli Ilmiy kengash tavsiyasiga ko'ra O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tadqiqotchisi
Botirjon Abdullayevning "Jamshid Koshiyning "Ziji Xoqoniy" asari Temuriylar davriga oid muhim astronomik manba" mavzusidagi
07.00.02 - Fan va texnologiyalar tarixi va 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosliklari bo'yicha tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
? Temuriylar tarixi davlat muzeyi yetakchi tashkilot sifatida belgilanib, muhokamada ishtirok etgan muzeyning professorlari, fan doktorlari va mutaxassislari tomonidan dissertatsiya yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.





