2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilm xodimi Faromarzi Fayzullo tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi Institutning bo'limlararo qo'shma majlisida muhokama qilindi.
? Dissertatsiya mavzusi:
“Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix” asari Movarounnahr va Xuroson tarixiga oid manba sifatida (XIV–XV asrlar)”
? Ixtisoslik:
07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
Muhokama jarayonida savol-javoblar o'tkazildi, dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

