O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Dublet fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalar tavsifiga bag‘ishlangan “Собрание восточных рукописей академии наук Республики Узбекистан. Краткий каталог Дублетного фонда” nomli qisqa katalog rus tilida uch jildda nashr etildi.
Mazkur katalogda institut Dublet fondida saqlanayotgan 5247 jild qo‘lyozma kitob hamda ulardagi 11 383 ta asar haqida qisqa ilmiy tavsiflar keltirilgan. Tavsiflarda qo‘lyozmalarning inventar raqami, asar nomi, muallifi, tili, hajmi, fan sohasi, ko‘chirilgan vaqti, xattot ismi hamda mavjud nuqsonlari haqida ma’lumotlar berilgan. Nashr talablariga muvofiq katalogga o‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zboshi yozilgan. Shuningdek, uch jildlik nashr oxirida mualliflar, asarlar nomlari hamda xattotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tuzilib, ilova qilingan.
?Mas’ul muharrirlar:
akademik, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Yunusovna Yusupova;
tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov.
Nashrga tayyorlovchilar:
tarix fanlari doktori, professor Amanulla Buriev;
kichik ilmiy xodim Fayzullo Faromazi.
?Taqrizchilar:
tarix fanlari doktori, professor O‘ktambek Abdulg‘aniyevich Sultonov;
tarix fanlari nomzodi, dotsent Ma’sudxon Mahdiyevich Ismoilov;
tarix fanlari nomzodi Hamidullo Abdurahimovich Aminov.
Ushbu qisqa katalogni tayyorlashda institutning Qo‘lyozmalarni kataloglashtirish va elektron kataloglarni texnik nazorat qilish bo‘limi xodimlari faol ishtirok etdilar.
"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Tuesday, 12 May 2026 05:55
Yangi nashr!
Published in
Yangiliklar
Latest from admin
- Ilmiy hamkorlik: O‘mon sultonligi delegatsiyasi Sharqshunoslik institutida
- Ўзбекистон ва Озарбайжон президентлари Бухородаги Сомонийлар мақбарасини зиёрат қилишди
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.
- Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз беш йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, маданият ва санъат соҳалари ҳамда оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi