"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Wednesday, 13 May 2026 15:47

«Bilimkent»

Rate this item
(0 votes)

? 2026-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Indiana universiteti professori, Markaziy Osiyo va Temuriylar davri tarixi boʻyicha taniqli amerikalik olim Ron Sela “Before Kingship: Temur, Akbar, and the Improvisation of Sovereignty” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida Amir Temur va Akbarshoh davridagi siyosiy hokimiyat, hukmdorlik legitimatsiyasi, suverenitet tushunchasi hamda ularning tarixiy talqinlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, musulmon dunyosida siyosiy hokimiyat va tarixnavislik masalalariga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi.

 

 

 

Read 6 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…