Ozarbayjonlik tadqiqotchi, doktor Buyukaga Mikayili OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Sarboz Safarov faoliyatiga yuksak baho berdi.
Oʻzbekistonga ilmiy safari davomida u Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Qutadgʻu bilig”ning Fargʻona nusxasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlganini taʼkidladi. Olimning fikricha, mazkur manba uning ilmiy izlanishlarining keyingi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur eʼtirof yosh olimlarimizning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va milliy qoʻlyozma merosimizni dunyo ilm-faniga tanitish yoʻlidagi samarali faoliyatining yana bir tasdigʻidir.




