2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida muhim ilmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Kunning birinchi yarmida institut tadqiqotchisi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “XVI–XVII asrlar yozma manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi institut bo‘limlararo qo‘shma majlisida muhokama qilindi.
Muhokama davomida dissertatsiya ishining ilmiy dolzarbligi, manbashunoslik asoslari, tadqiqot natijalari va ilmiy yangiliklari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mazkur tadqiqot ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi.
Shuningdek, shu kunning ikkinchi yarmida institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Aminov Hamidulla Abdiraximovichning tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisi yakunida X.A. Aminovning dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tgani e’tirof etildi. Mazkur ilmiy tadbirlar institutda tarixshunoslik, manbashunoslik va yozma meros tadqiqotlari izchil davom etayotganini, yosh va yetuk tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarining muhim bosqichlarga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Institut jamoasi nomidan tadqiqotchilarni ushbu muhim ilmiy bosqichlar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Thursday, 21 May 2026 10:25
Ilmiy hayotimizdagi muhim voqea
Published in
Yangiliklar
Latest from admin
- Ilmiy hamkorlik: O‘mon sultonligi delegatsiyasi Sharqshunoslik institutida
- Ўзбекистон ва Озарбайжон президентлари Бухородаги Сомонийлар мақбарасини зиёрат қилишди
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.
- Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз беш йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, маданият ва санъат соҳалари ҳамда оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi