Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiniga qaratilgan.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi:
☑️ raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, maʼlumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;
☑️ atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;
☑️ agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urugʻchilik, seleksiya,
gen texnologiyalari;
☑️ tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan, biomeditsina, genetika, farmatsevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarning oldini olish;
☑️ suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni taʼminlash, jumladan, choʻllanishning oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashish;
☑️ yangi materiallar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari,
shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar;
☑️ seysmik xavfsizlikni taʼminlash.
Saturday, 30 May 2026 13:40
“Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Published in
Yangiliklar
Latest from admin
- Tabrik xati.
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga cdirektor tanishtirildi
- “Yosh sharqshunoslar yozgi maktabi” ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar