"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 12 June 2026 03:42

Ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Rate this item
(0 votes)

2026-yil 11-iyun kuni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda institut kichik ilmiy xodimlari Faromarzi Fayzulloning “Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy” asari Movarounnahr va Xuroson tarixiga oid muhim manba (XIV–XV asrlar)” hamda Mirzayeva Maftuna Murodillo qizining “Koroskon sayyidlari oilaviy hujjatlari tarixiy manba sifatida (XVI–XIX asrlar)” mavzularidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida seminar a’zolari tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertantlarga ayrim masalalarni yanada aniqlashtirish, xulosa va ilmiy apparatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida taqdim etilgan tadqiqotlar ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 4 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…