"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Thursday, 18 June 2026 03:12

Ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash yo‘lida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

Rate this item
(0 votes)

O'zR FA Sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Institutning katta ilmiy xodimi, PhD Oysara Madaliyeva “Alisher Navoiy asarlarining so‘nggi Temuriylar davri nasta’liq xati rivojidagi o‘rni va an’anaga ta’siri masalasi (XV–XX asrlar qo‘lyozma devonlari misolida)” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Alisher Navoiy asarlarining qo‘lyozma an’analari va nasta’liq xatining taraqqiyotidagi o‘rni manbalar asosida yoritildi.

Kichik ilmiy xodim Sherzod Karimov “Temuriylar davri tarixini o‘rganishda yozma manbalarning ahamiyati” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Unda Temuriylar davri tarixini tadqiq etishda yozma manbalar, qo‘lyozmalar va ularning manbashunoslikdagi o'rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar yakunida talabalar va ma’ruzachilar ishtirokida qizg‘in savol-javoblar hamda ilmiy muhokamalar tashkil etildi.

 

Read 1 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…