"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 20 June 2026 09:17

O‘MON SULTONLIGI IQTISODIYOT VAZIRI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

Rate this item
(0 votes)

2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga O‘mon Sultonligi Iqtisodiyot vaziri Dr. Hamis bin Saif bin Hamoud Al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institutning ilmiy faoliyati, Sharq qo‘lyozmalari fondi hamda Sharqshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida ilmiy, madaniy va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

 

 

Read 3 times Last modified on Saturday, 20 June 2026 09:23

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…