"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 20 June 2026 09:22

“Asdaa Oman”

Rate this item
(0 votes)

2026-yil 19-iyun kuni Toshkentda xalqaro tadbirni yoritish maqsadida tashrif buyurgan O‘mon Sultonligining nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — “Asdaa Oman” nashri vakillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurishdi.
? Mehmonlar tarkibida nashrning Bosh muharriri Khalfan Said Al Hasani hamda fotograf Issa Khamis Ali Al Raisi o‘rin oldi. Khalfan Said Al Hasani jurnalistika sohasidagi faoliyati bilan bir qatorda parlament deputati sifatida ham faoliyat yuritadi.
? Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati, uning boy ilmiy merosi, noyob qo‘lyozmalar fondi hamda Sharq xalqlari tarixi, madaniyati va ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.
? Shuningdek, tomonlar ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
? “Asdaa Oman” vakillari 2026-yil 15–21-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib, xalqaro tadbirlarni yoritish maqsadida tashrif buyurishgan.

 

 

 

Read 3 times Last modified on Saturday, 20 June 2026 09:24

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…