Bu yilgi mavzular doirasi Markaziy Yevrosiyo tarixi, siyosati, madaniyati, jamiyati va ekologiyasini oʻrganishga bagʻishlandi. Anjumanda 39 mamlakatdan 500 dan ortiq olimlar, soha mutaxassislari va yosh tadqiqotchilar qatnashdi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari professor Nodira Mustafayeva (Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi rahbari), professor Nigora Allayeva, fil.f.n. Salima Eshonova, PhD Nargiza Ismatova, PhD Umida Kuranbayeva (Sharqshunoslik instituti), PhD Nigora Rahimjonova (Tarix instituti) oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Maʼlumot uchun: Markaziy Yevrosiyo tadqiqotlari jamiyati (CESS)ning vazifasi olimlar oʻrtasida ilmiy va taʼlimiy muloqotni kuchaytirish, Markaziy Yevrosiyoni ilmiy oʻrganish bilan shugʻullanuvchi xorijiy olimlar va tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.






