Tatariston Fanlar akademiyasi Sh.Marjoniy nomidagi tarix institutining 30 yilligini nishonlandi. Mazkur tadbir doirasida "Tarix fanlari kontekstida sivilizatsiya taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik" xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya Rossiyaning turli mintaqalaridan, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya va Misrdan 130 dan ortiq tarixchi, etnolog va sharqshunoslarni birlashtirdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston va Tatariston olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab, tarixiy merosni tadqiq etish, qo‘lyozmalarni o‘rganish hamda ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha mavjud istiqbollarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda tarixiy jarayonlarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, turli sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, madaniy merosni asrash va ilmiy tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya tarix fanining zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish, yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘ldi.





