"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Tuesday, 07 July 2026 13:58

O‘zbek tili mamlakat hayotining barcha sohalarida

Rate this item
(0 votes)

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzini yanada

mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada o‘zbek tili mamlakat hayotining barcha sohalarida, shuningdek, xalqaro maydonda keng qo‘llanilmoqda, uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.



✅ Shu munosabat bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarini soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida takomillashtirish zarurati yuzaga keldi.

✅ Qonun loyihasi bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi
26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishi, shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritilishi nazarda tutilmoqda.



✅ Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qonun loyihasining amaliyotda samarali va bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan qator takliflar bildirildi.

✅ Xususan, qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinishi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlari hamda boshqa atributlardan belgilangan muddatgacha foydalanish tartibi nazarda tutildi.



✅ Mazkur yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar, blankalar, peshlavhalar, ko‘rsatkichlar va boshqa moddiy vositalarni bir vaqtning o‘zida almashtirish zaruratini bartaraf etadi. Natijada davlat byudjeti mablag‘larining asossiz sarflanishining oldi olinadi, qo‘shimcha davlat xarajatlari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda alifbodagi o‘zgarishlarni amalga oshirish davlat organlari va tashkilotlari uchun moliyaviy jihatdan maqbul, bosqichma-bosqich tartibda ta’minlanadi.

✅ Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini va imlo qoidalarini yanada takomillashtirishga hamda davlat tilini qo‘llash va raqamlashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.



Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Read 5 times Last modified on Tuesday, 07 July 2026 13:59

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…