Buxoro viloyati hokimligida “XIV Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari” dasturi doirasida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, akademiklar, xorijlik mehmonlar, olimlar va soha vakillari ishtirok etmoqda.
14–16 avgust kunlari davom etadigan tadbirda tibbiyot sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, an’anaviy tibbiyot tajribasi, innovasion ishlanmalar va sohaga investisiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilinmoqda.






