Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining ko‘p qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh vatandoshlar mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri, PhD Islamov Sharifjon Ganidjanovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Mukofot muborak bo'lsin, Sharifjon Ganidjanovich!
Saturday, 22 August 2026 15:01
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi
Published in
Yangiliklar
Latest from admin
- Tabrik xati.
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga cdirektor tanishtirildi
- “Yosh sharqshunoslar yozgi maktabi” ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar