Monday, 14 September 2026 08:47

Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar

Rate this item
(0 votes)

O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimiga tayinlangan professor Komiljon Rahimov nomiga xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-akademik doiralari vakillari hamda yurtimizning taniqli jamoat arboblaridan qutlovlar kelishi davom etmoqda.

?? Xususan, taniqli davlat va jamoat arbobi, taniqli diplomat Vladimir Norov professor Komiljon Rahimovni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z qutlovida Sharqshunoslik institutining ulkan ilmiy merosini o'rganish hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarini yanada kengaytirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidlab, institutning yangi rahbariga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Misr va Pokistonning yetakchi ilmiy muassasalari rahbarlari ham o‘zlarining samimiy tabriklarini yo‘llashdi:

Pokiston Adabiyot akademiyasi raisi, professor, doktor Najiba Arif o‘zining rasmiy maktubida K.Rahimovning sermahsul ilmiy faoliyati hamda ilm-fan taraqqiyotidagi xizmatlarini yuksak e’tirof etgan. Maktubda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda qo‘shma tadqiqotlar olib borish, tarjima loyihalari va ilmiy konferensiyalar tashkil etishga katta umid bildirilgan.

Misr Arab Respublikasi Qohira universitetining Ta’lim va talabalar ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti, professor Ahmad Rajab Muhammad Ali butun Qohira universiteti jamoasi nomidan samimiy tilaklarini izhor qildi. U professor K.Rahimovning Islom merosini o‘rganish sohasidagi uzoq yillik boy tajribasi va xizmatlarini alohida e'tirof etib, olimning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

Islomobod shahridan yana bir qutlov taniqli pokistonlik sharqshunos olim Orif Navshohiy tomonidan yo‘llangan. Fors tilida bitilgan samimiy tabriknomada olim ushbu tayinlov katta mas’uliyat ekanligini ta’kidlab, K.Rahimovning ilmiy salohiyati va tajribasi ushbu yuksak maqomga to‘la munosib ekanligini qayd etgan.

Ushbu qutlovlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining jahon miqyosidagi yuksak nufuzi, yurtimiz olimlarining xalqaro miqyosdagi e'tirofi hamda kelgusida xorijiy hamkorlik aloqalari yanada kengayishidan dalolat beradi.

Read 2 times Last modified on Monday, 14 September 2026 08:52

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…