2026-yil 11-Sentabr kuni “Yosh sharqshunoslar yozgi maktabi” tadbiri doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yosh sharqshunoslar Institutning qo‘lyozmalarni saqlash, restavratsiya qilish va ilmiy o‘rganish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, restavratsiya laboratoriyasi, skanerlash xonasi, kartoteka hamda Institut xodimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy nashrlar namoyish etildi.
Mazkur tashrif yosh tadqiqotchilarga Sharq qo‘lyozmalari va tarixiy-madaniy merosni o‘rganish borasida Institut faoliyati haqida yaqindan ma’lumot olish imkonini berdi.




