Thursday, 01 October 2026 09:32

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!

Rate this item
(0 votes)

Hurmatli Sharqshunoslik instituti ustozlari, xodimlari, qadrli hamkasblar!

Sharqshunoslik instituti uchun ustozlik va ilmiy faoliyat — ilmiy an’analar va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi muhim qadriyatlardir. Sharq xalqlarining ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va ilmiy merosini o‘rganish, qadimiy qo‘lyozma va yozma manbalarni tadqiq etish hamda ularni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi izlanishlarda ustozlarning ilmiy tajribasi va maktabi alohida o‘rin tutadi.

Bugungi kunda institutimiz jamoasi manbashunoslik, tarixshunoslik, Sharq xalqlari tarixi va madaniyati, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, manbalar tarjimasi kabi yo‘nalishlarda samarali ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib, milliy va jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu jarayonda yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarni tayyorlash, ularga ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalarini singdirish ustivor vazifalardan biridir.

Shu qutlug‘ ayyomda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti jamoasining barcha professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ustoz va murabbiylarini chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, tadqiqotlaringizda muvaffaqiyatlar hamda shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilayman.

Ilmga sadoqatingiz, ustozlik mas’uliyatingiz va sharqshunoslik ilmiy maktabining rivojiga qo‘shayotgan hissangiz bardavom bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Hurmat bilan, Sharqshunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahmatovich Rahimov

Read 15 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…