Imom Al-Buxoriy ilmiy-amaliy markazida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari”ga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda.
Anjuman ikki sho’bada davom etmoqda:
1. Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishda O’zbekiston va xorij tajribasi;
2. Nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, reyestr tuzish va raqamlashtirish.
Ayni damda 1-sho’ba bo’yicha ma’ruzalar tinglanib, muhokama qilinmoqda.