SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 09 December 2022 13:00

Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi va arxiv fondidagi O‘zbekistonga oida qo‘lyozma asarlari o‘rganilmoqda

Rate this item
(0 votes)
“Al-Azhar” universiteti kutubxonasi va arxiv fondidagi O‘zbekistonga oida qo‘lyozma asarlari o‘rganilmoqda
 

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik davom etmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Qilichevning bevosita sa’y-harakatlari bilan “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi fondida saqlanayotgan jami 49 361 ta qo‘lyozma haqidagi ma’lumotni o‘zida mujassam qilgan 28 kitobdan iborat yangilangan fixrist va aynan shu noyob ma’lumotlarni o‘z ichida jamlagan 50 GB hajmdagi elektron fayl 8 ta CD-diskda ham keltirildi.

 

 

Ma’lumot uchun: “Al-Azhar” universiteti Fotimiylar davlati davrida (909—1171) tashkil etilgan bo‘lib, tarixi ming yilliklarga borib taqaladi va Islom olamida “Ilm markazi” degan nom olgan. Universitetda arab tili, mantiq, aqida, fiqh, tasavvufdan chuqur bilim beriladi va asrlar davomida arab tili va grammatikasini o‘rganishda buyuk bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariyning “Al-Mufassal” asaridan foydalanib kelinmoqda. “Al-Azhar”ning kutubxona fondida ko‘plab atoqli olimlar asarlari qo‘lyozmalarining nusxasi mavjud. Xususan, o‘rta asrlar allomalaridan Imoddidin Ismoil ibn Ahmad Ibn Said Ibn Asir, Ibrohim al-As’hariy, Abu Is’hoq at-Tunisiy, Abul Hasan Nuriddin Ali ibn Muhammad ibn Iso al-Ashmuniy, “al-Amir al-Kabir” nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulqodir ibn Abdulaziz al-Simbaviy al-Azhariylar ko‘plab asarlarining qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Kutubxona fondi juda boy bo‘lib, birgina Jaloliddin Abu alFazl Abdurahmon Abu Bakr ibn Muhammad al-Hudayriy as-Suyutiy asarlarining 1325 ta nusxasi bor.

 

 

E’tiborli tomoni, ushbu kutubxonada yurtimiz allomalarining ko‘plab asarlari qo‘lyozmalarining nusxalari mavjud bo‘lib, xususan, Abu Ali Ibn Sinoning "Al qonun fi at-tib" asari "37 653" raqami ostida saqlanishi aniqlandi. Shuningdek, fondda Sharofiddin Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al Chag‘miniyga tegishli "Qonuncha" asarining uchta nusxasi, al-Xorazmiy, al-Beruniyning ikkita asari,

at-Termiziyning 153 ta asari, at-Taftazoniyning 479 ta asari nusxalari bor.

 

 

Kutubxona fondida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi 28 ta kitobda buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy asarlarining 415 ta nusxasi ro‘yxati keltirilgan. Jumladan, uning mashhur hadislar to‘plami “Al-Jome’ as-Sahih” (Sahihi Buxoriy) bilan birgalikda “Al-Adab al-Mufrad”, “Az-Zu’afa as-Sag‘ir”, “At-Tarix al-Kabir”, “Xayr al-Kalom fi al-Qiroat xalf al-Imom” va “Xalq af’al al-Ibod” kabi asarlarning qo‘lyozma nusxalari ham mavjud.

Madaniy meros agentligining O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ilmiy-tadqiq etish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan R.Bahodirov, D.Rasulov va I.Qayumovalarning dastlabki ilmiy izlanishlar asnosida yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar aniqlandi. Shu bois bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirish natijasida yurtimiz tarixiga oid yangi topilmalar kashf qilinishi kutilmoqda.

 

Read 532 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…