SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Wednesday, 14 December 2022 03:10

Do’stona tashrif

Rate this item
(0 votes)

12-dekabr 2022 yil O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Markaziy Osiyo xalqaro institutiga “XIX asr o’zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy-madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish”  mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan bir qator qozog’istonlik olimlar jumladan, Matijanov  Kenjexan Slyamjanovich- M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori, filologiya fanlari doktori , Batirxan Bolatbek Shadenuli – R.B.Sulaymonov nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotibi, PhD, Kidir Torali Edilbayuli M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori o’rinbosari, filologiya fanlari doktori, Aubakir Jandos Magazbekovich – L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiya milliy universiteti, “Abay akademiyasi” ilmiy tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari doktori  tashrif buyurdilar. Mehmonlarni direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S.Karimova, fond mudiri Sh.Islomov va institut xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i  U.Raxmanov kutib oldilar.

Mehmonlarga direktor o’rinbosari S. Karimova tomonidan institut tarixi va faoliyat yo’nalishlari, hozirgi kunda olib boriladigan turli xil tadqiqotlar haqida ma’lumot berib o’tildi. Uchrashuvda “Markaziy Osiyo tarixi” bo’limi boshlig’i A.Xo’jayev, “Tarixiy manbashunoslik” bo’limi boshlig’i H.Lutfullaev, “Sharq mumtoz adabiyoti” bo’limi boshlig’i  S.Eshonovalar ham ishtirok etishdi. Uchrashuvda mehmonlar institut haqidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Xususan, elektron nusxa olishning tartib-qoidalari, onlayn katologlarning hozirgi ishlash prinsiplari, bo’limlar tomonidan amalga oshirilayotgan nashrlar, restavratsiya va skanerlash bo’limining faoliyatlari ularni juda qiziqtirdi. Qozog’iston vakillari bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va birgalikda nashrlar qilish yo’llari haqida muzokalar olib borildi. Institutning hozirgi faoliyati mehmonlarda juda katta qiziqish uyg’otdi va kelajakda institut  bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yo’llarini o’ylab ko’rish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.      

Birozdan so’ng mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati bilan tanishish uchun restavratsiya bo’limiga tashrif buyurdilar. Bo’limdagi olib borilayotgan kitoblarni ta’mirlash va mulyaj ishlari mehmonlarga juda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir 1 soat davom etdi. Shundan keyin mehmonlar iliq kutib olingan qabul uchun institut xodimlari jamoasiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.  

 

 

Read 611 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…