Abu-Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy – olimning to‘liq ismi bo‘lib, undagi “berun” so‘zi “tashqari” degan maʼnoni anglatadi.
Keyinchalik bu laqab olimning to‘liq nomiga qo‘shilib qolgan. Olimning ismidagi “Abu Rayhon” so‘zlari “Rayhonning otasi” yoki “marhamatli”, “rahmdil” maʼnolarini bildiradi. Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (hozirgi Beruniy) shahrida tug‘ilgan. Yoshligida ota-onasidan yetim qolgan Beruniyni 980 yilda taniqli olim Abu Nasr ibn Iroq o‘z tarbiyasiga olgan va taʼlim bergan.
https://play.google.com/store/apps/details?id=org.uicgroup.beruniy_app