2023-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga O‘mon Sultonligi Mudofaa vazirligi Milliy Mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilaridan iborat delegatsiya (28 nafar) tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institutning ilmiy kotibi Nemat Jabborov, Xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi Umid Raxmanov va institutning doktoranti Ibrohim Usmonovlar kutib olishdi.
Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga tushib, institut binosining ochilish marosimi va qurilish bosqichlari suratga olingan video-filmni tomosha qilishdi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya, skanerlash bo‘limlari va kutubxonasi ko‘rsatilib, institut faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari mehmonlarda juda katta ta’surot qoldirdi. Tashrif yakunida mehmonlar iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirb, o`zlarining dil izhorlarini faxriy mehmonlar qayd daftariga yizib qoldirishdi.