SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Thursday, 23 May 2024 05:21

INSTITUT QOʻLYOZMA FONDI EKSPONATLARI NAVBATDAGI XALQARO KOʻRGAZMADA NAMOYISH ETILADI

Rate this item
(0 votes)

2024-yil 21-may kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga “Diriya biennale” (Saudiya Arabistoni) jamgʻarmasi homiyligida 2025-yil Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) tashkil etilishi rejalashtirilgan “ALMADAR” nomli xalqaro koʻrgazma kuratorlari - Masa Al-Kutoubi (Buyuk Britaniya), Marika Sardar (AQSH), Faye Behbehani (Quvayt) va Wen Wenning (Xitoy xalq Respublikasi) tashrif buyurdilar.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad, “ALMADAR” koʻrgazmasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qoʻlyozma asarlar Fondi kolleksiyasidan namoyish etish uchun tavsiya etilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishish, hamda kelgusida institut kolleksiyasini xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etish boʻyicha istiqbolli rejalarni shakllantirishdan iborat.

Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, qoʻlyozmalar Fondiga tegishli noyob qoʻlyozmalardan iborat ekspozitsiya tanishtirildi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya, skanerlash boʻlimlari va oʻquv zali faoliyati boʻyicha maʼlumotlar berildi. Mehmonlarda institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 230 times Last modified on Thursday, 23 May 2024 05:31

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…