2024- yil 22- may kuni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida an'anaviy XIX Ubaydulla Karimov nomidagi Yosh sharqshunoslarning Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
?"Sharqshunoslik sohalarini tadqiq etishning dolzarb masalalari" mavzusidagi konferensiya O‘zRFA Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Abdulla Qodiriy ijod maktabi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
✔️Konferensiyada TDSHU prorektori D.Sayfullayev tabrik so‘zi bilan, bo‘lim boshlig‘i L.To‘rayev yalpi majlisda ma'ruzasi bilan ishtirok etdilar.
✔️Shuningdek, konferensiya sho‘ba ishida universitet kafedra mudiri R.Alimova hamda tayanch doktorantlari ham faol qatnashdilar.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS