2024-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Institutiga Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Shahzoda Saud Al Faysal nomidagi diplomatik taqdiqotlar instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiyani institut direktori prof. B.Abduhalimov kutib oldi. Delegatsiyaga institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, institut xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar va yangi bino qurilishi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi. Mehmonlarga institutning faoliyati, ilmiy nashrlari va yangi binosi juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.