Toshkent shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zRFA akademigi, tarix fanlari doktori, professor Yusupova Dilorom Yunusovna ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
D. Yusupovaning ilmiy faoliyati 1963-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga kirishdan boshlangan va 62 yildan beri u sharq mualliflarining qo'lyozma asarlarini tadqiq qilmoqda. Olimaning ilmiy ishlari sharq xalqlarining yozma merosini manbali o'rganish, sharq qo'lyozmalari va litografik nashrlarning ilmiy tavsifi va katalogi yo'nalishida olib borilmoqda.
Dilorom Yunusovna nafaqat o'zining ilmiy yutuqlari bilan, balki yoshlarni tarixga qiziqtirishdagi fidoyiligi bilan ham e'tiborga sazovordir. U o'zining ilmiy faoliyatida tarixshunoslik metodlarini samarali qo'llash orqali o'quvchilarga tarixiy tafakkur va tahlilni o'rganishning ahamiyatini tushuntirdi.
Akademik ishtirokidagi mahorat darsi oʻquvchilarimizni ilmiy izlanishlarga qiziqish bilan yondashishga, yangi gʻoyalar ustida ishlashga va ulkan maqsadlarga intilishga ruhlantirdi.