2025-yil 01-May kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga O‘man Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jabr Nosir al-Busaidiy xonim va Sulton Qaboos universiteti dekani Dr. Al-Muxtar bin Saif Al-Abri va Sulton Qaboos universiteti tahlil markazi direktori Prof. Ahmed bin Hamad Al-Rabaani tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institutning direktori Prof. B.Abduhalimov kutib oldi. Mehmonlarga institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar haqida ma’lumot berildi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya, skanerlash bo‘limlari va qiroatxonasi ko’rsatilib, yangi bino qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonlarga institutning faoliyati va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.