Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.
Ixtisosliklar shifri va nomi
? 07.00.03 -“Jahon tarixi”
? 07.00.08 -“Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”
?2026-yil qabuli uchun tayanch doktoranturaga (PhD) – 4 ta, doktoranturaga (DSc) –1 ta, stajyor-tadqiqotchilikka – 2 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
?Tayanch doktoranturaga:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
?Doktoranturaga:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
?Stajyor-tadqiqotchilikka:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
‼️Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https:// daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
? Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
?Murojaat uchun: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 79-uy. Telefon: (71) 262-54-61.